Ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk vafotiga 81 yil to’ldi!

Bugun vafotiga 81 yil to’lganligi munosabati bilan ulug’ dohiy Otaturkni yana bir bor cheksiz hurmat bilan yodga olamiz. Ruhing shod bo’lsin!

1302650
Ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk vafotiga 81 yil to’ldi!

 

10 noyabr Otaturkni xotirlash haftasi...

       

Bugun 10 noyabr…Ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk vafotiga 81 yil to’ldi!

Turkiya Respublikasiga asos solgan va Turkiyaning birinchi prezidenti bo’lgan Mustafo Kamol Otaturk bundan 81 yil muqaddam tongi soat 09:05 daqiqa o’tganda hayotdan ko’z yumgan edi.

Barchaga ma’lum bo’lganidek, Otaturkning Chanoqqal’a urushida ko’rsatgan ustun g’alabasi tahsinga loyiqdir. U 1-Jahon urushida Usmoniy Imperiyasining tarqalishi ortidan, davlat tuproqlarining g’olib kuchlar tomonidan ishg’ol qilina boshlashini oldini olish uchun turk millatini ommaviy kurashga chorladi.

Bu jarayonda Otaturk boshchiligida Ozodlik urushi boshlandi. Bu kurashning muvaffaqiyatli yakunlanishi bilan Lozannada imzolangan tinchlik bitimi natijasida Turkiya Respublikasi tashkil topdi va Mustafo Kamol Turkiya Respublikasining ilk prezidenti bo’ldi.

So’ngra, “Otaturk” degan ulug’ nomga musharraf bo’lgan lider, ko’plab ulkan inqiloblarni amalga oshirdi. Zero, zamonaviy jamiyat tashkil topishida Otaturkning xizmatlari beqiyos.

Bugun vafotiga 81 yil to’lganligi munosabati bilan ulug’ dohiy Otaturkni yana bir bor cheksiz hurmat bilan yodga olamiz. Ruhing shod bo’lsin!

 

 



Aloqador xabarlar