Turk oshxonasi 45-qism

Bugun sizlar bilan turk oshxonasining voz kechilmaz lazzatli taomlaridan biri “Adana kabob” haqida suhbatlashamiz.

1303847
Turk oshxonasi 45-qism

 

                            

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan turk oshxonasining voz kechilmaz lazzatli taomlaridan biri “Adana kabob” haqida suhbatlashamiz.

Turkiyada juda ko’p kabob xillarini uchratish mumkin. Bulardan eng lazzatlisi “Adana” kabobidir. “Adana” kabob Turkiyaning janubida joylashgan, mamlakatning eng katta oltinchi viloyati bo’lgan Adanaga xos kabob turidir. Turkiyadagi deyarli har bir oshxona va restoranlarda pishiriladi. Agar ushbu mashhur kabobni uy sharoitida pishirmoqchi bo’lsangiz dasturimizni diqqat bilan kuzatib boring!

Keling endi, “Adana” kabobini pishirish uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat ekan bir quloq solaylik!

“Adana” kabobini pishirish uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidagilar:

 

350 gr mol go’shtidan qiyma

300 gr qo’zi go’shtidan qiyma

1 tish sarimsoq

2 dona piyoz

1 choy qoshiq mayda qizil qalampir

1 choy qoshiq murch

1 osh qoshiq achchiq qalampir tomati

Bir tutam petrushka kerak bo’ladi.

 

Endi navbat Adana kabobini pishirishga. Avvalo piyozlar qirg’ichdan chiqariladi va suvi suzib olinadi. Sarimsoqlar ham qirg’ichdan chiqarilib, piyozga qo’shiladi. Ustiga qo’zi va mol go’shtidan chiqarilgan qiymalar ilova qilinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga mayda qizil qalampir, murch va achchiq tomat pastasi ilova qilinadi va yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra, biroz yog’ ilova qilinadi. Bir tutam petrushka maydalab to’g’raladi va ilova qilinadi. Yaxshilab qo’lda aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan kabob masallig’i muzlatgichda 2-3 soat tindiriladi.

Bir tomondan duxofkaning simli listi qo’y yog’ida yoki saryog’da yog’lanadi. Duxofka 200 darajada isitiladi.

Muzlatgichda 2-3 soat tindirilgan qiymali kabob masallig’idan qo’lda bo’laklar olib, sixga o’raladi. Tayyor bo’lgan sixlar duxofkaning simli listiga teriladi va 20-25 daqiqa pishiriladi.

 

Mana “Adana” kabobi ham tayyor bo’ldi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turk oshxonasi , #kabob , #Adana kabobi

Aloqador xabarlar