Turk oshxonasi 48-qism

Bugun sizlarga turk nonushtasida sevib iste’mol qilinadigan menemen – turkcha qovurilgan tuxum retseptini beramiz.

1315827
Turk oshxonasi 48-qism

 

 

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan turk oshxonasida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan nonushta madaniyati haqida suhbatlashamiz.

Ertalab tanovul qilingan mahsulot, yaʼni nonushta miqdori vitaminlarga qanchalik boy boʻlsa, kun davomida kayfiyatimiz va ish unumdorligiga shunchalik ijobiy taʼsir etadi.

Dunyoda turk nonushtasi juda mashhur. Nonushta turk oshxonasida o’ziga xos o’ringa ega. Chunki, kunni yaxshi nonushta bilan boshlash insonga kuch beradi. An’anaviy turk nonushtasida qahva emas, balki choy iste’mol qilinadi. Beli ingichka shisha choy stakanlarida iste’mol qilinadi. Qahva esa odatda nonushtadan so’ng iste’mol qilinadi.

Turk nonushtasida asosan zaytun, pishloq, sariyog’, asal, murabbo, sosiska, tuxum, chuchuq, pomidor, bodring, bulg’ori va turli xilda ko’katlar iste’mol qilinadi.

Bugun sizlarga turk nonushtasida sevib iste’mol qilinadigan menemen – turkcha qovurilgan tuxum retseptini beramiz.

Nonushtada qovurilgan tuxumdan tez-tez iste’mol qilib turasizmi? Menemen – pomidor va bulg’or qalampiri bilan pishiriladigan turklarning milliy nonushtasi hisoblanadi. Turkiyada nonushtaga asosan ana shu taom ko’proq tortiladi.

Keling endi menemen tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat ekan bir quloq solaylik!

Masalliqlar:

 

1 dona qizil bulg'or qalampiri

 

300 gramm pomidor

 

100 gramm piyoz

 

kichikroq achchiq qalampir

 

3-4 ta tuxum

 

30 gramm sariyog'

 

ta'bga qarab tuz kerak bo’ladi.

 

Avvalo bulg'or qalampiri urug'chalaridan tozalanib, mayda to'rtburchak qilib to'g'raladi. Pomidor va piyozning po'stlog’i archiladi, ular ham xuddi shunday mayda to'rtburchak qilib to'g'raladi. Achchiq qalampir esa halqasimon shaklda to'g'raladi.

Tovaga sariyog' solinadi va eritiladi. So’ngra, piyoz solinadi va 2-3 daqiqa davomida qovuriladi. So'ng bulg'or qalampiri va pomidor ilova qilinadi va 5-7 daqiqa dimlab pishiriladi.

Ustiga tuxumlar chaqiladi va darhol aralashtiriladi. Muntazam aralashtirilgach, 3 daqiqa davomida dimlab pishiriladi. Ta'bga qarab tuz ilova qilinadi.

Agarda tuxum sarig'i butunligicha qolishini istasangiz, unda avval tuxum oqini solasiz so’ngra aralashtirasiz. Undan keyin tuxum sarig'ini solasiz.

Muhimi olovni o'chirganda tuxumlar biroz suyuq holatda qolishi kerak. Yegulikni non bilan birga dasturxonga tortiq qilsangiz ayni muddao bo’ladi.

Yoqimli ishtaha!

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #turk nonushtasi , #turk oshxonasi , #menemen

Aloqador xabarlar