Turk oshxonasi 50-qism

Bugun sizlar bilan Usmoniy saroylarida pishirilgan va kunimizgacha yetib kelgan “zarda shirinligi" haqida suhbatlashamiz.

1323852
Turk oshxonasi 50-qism

 

                               

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan Usmoniy saroylarida pishirilgan va kunimizgacha yetib kelgan shirinlik haqida suhbatlashamiz.

Guruch, za’faron hamda zarcho’ba ziravorlari ilova qilingan holda tayyorlanadigan shirinlikning nomi “zarda shirinligi” deb ataladi.

Usmoniylar davrida o’lim bo’lgan xonadonlarda pishirilgan bu shirinlik o’sha davrlarda “motam taomi” deb ham atalardi.

Keyinchalik, sunnat marosimlaridan, to’ylarda va bayramlarda dasturxonga tortiq qilina boshlagan.

Keling endi zarda shirinligini tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat ekan, bir quloq solaylik!

 

Masalliqlar quyidagilar;

1 stakan guruch

2 litr suv

1/2 kg shakar yoki 1 yarim stakan asal

2 qoshiq makkajo’xori kraxmali

1/2 stakan gul suvi

1 gr za’faron

1/2 choy qoshiq zarcho’ba ziravori

 

Ustini bezash uchun;

30 gr mayiz

30 gr yong’oq kerak bo’ladi.

 

Endi navbat shirinlikni pishirishga.  Avvalo, za’faron bir kun oldin gul suviga uyitib qo’yiladi.

Mayizlar yaxshilab yuviladi va biroz yumshashi uchun suvga uyitib qo’yiladi. So’ngra, guruchlar yaxshilab yuviladi va 2 litr suvda yumshagunicha pishiriladi. 2 qoshiq makkajo’xori kraxmali yârim stakan suvda eritiladi va pishayotgan guruchning ustiga ilova qilinadi. So’ngra, shakar yoki asal, gul suviga uyitib qo’yilgan za’faron va zarcho’ba ziravori ilova qilinadi. Ikki marta toshib chiqquniga qadar yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra, past olovda shirinlik qo’yuqlashgunicha pishiriladi. Pishgan shirinlik kosachalarda quyilib, dasturxonga tortiq qilinadi. Usti mayiz va yong’oq bilan bezatiladi.

Mana Usmoniy saroylarida pishirilgan zarda shirinligi ham tayyor bo’ldi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 


Tanlangan kalimalar: #turk oshxonasi , #zarda shirinligi , #zerde

Aloqador xabarlar