Turk oshxonasi 51-qism

Bugun sizlarga turk oshxonasida seviz iste’mol qilinadigan kotlet turlaridan “kadinbudu kofte” retseptini beramiz.

1327840
Turk oshxonasi 51-qism

 

                            

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlarga turk oshxonasida sevib iste’mol qilinadigan kotlet turlaridan “kadinbudu köfte” retseptini beramiz.

Usmoniylar davridan beri pishirilib kelingan bu taomning Turkiyada 300dan ortiq xili bor. Ushbu kotletni lyuks restoranlarda ham, oddiy oshxonalarda ham uchratish mumkin.

Ushbu taomni mol yoki qo’y go’shti, tovuq, baliq, dukkakli mahsulotlar, hatto sabzavotlardan ham tayyorlasa bo’ladi.

Keling endi ushbu taomni tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat ekan bir quloq solaylik!

 

Masalliqlar quyidagilar;

 

600 gr qiyma

Yârim stakan stakan guruch

1 dona piyoz

3 dona tuxum

Yârim choy qoshiq zira

Yârim choy qoshiq tuz

Yârim choy qoshiq murch

1 stakan talqon

Qovurish uchun 1 stakan o’simlik yog’i va un kerak bo’ladi.

 

Endi navbat kotletni tayyorlashga. Avvalo yaxshlilab yuvilgan guruch 1 stakan suvda yumshagunicha pishiriladi. Guruch pishayotganda ozgina tuz ilova qilinadi. So’ngra, piyoz maydalab to’g’raladi yoki qirg’ichdan chiqariladi. Skvorotkada piyoz quvurilayotganda ustiga qiymaning yarmi ilova qilinadi. Yaxshilab aralashtiriladi. Qiyma suvini tortgunicha qovuriladi. Pishgan qiyma o’choqdan olinadi va sovutiladi.

So’ngra, kengroq kosaga qiymaning pishmagan yarmi solinadi, ustiga un, pishirilgan guruch, skvarotkada qovurilgan qiyma, 1 dona tuxum, tuz va barcha ziravorlar ilova qilinadi. Yaxshilab qo’lda qoriladi. So’ngra, 30 daqiqa muzlatgichda tindiriladi.

Bir tomondan 2 dona tuxum chaqiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Yârim soat tindirilgan kotlet farshidan tuxum kattaligida bo’lakchalar olinadi. Ushbu bo’lakchalar avvalo talqonga, so’ngra tuxumga bulanadi. Keyin esa qizib turgan yog’da o’rta olovda pishiriladi.

Mana “kadinbudu kofte” ya’ni kotletimiz ham tayyor bo’ldi. Dasturxonga qovurilgan kartoshka yoki tuzlamalar bilan tortiq qilishingiz mumkin. Go’shtli taomlar uchun mo’ljallangan souslar ham juda mos keladi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaha!

 


Tanlangan kalimalar: #turk oshxonasi , #kotlet , #kadınbudu köfte

Aloqador xabarlar