Turk oshxonasi 52-qism

Bugun sizlarga turklarning eng qadimiy aziz shirinligi bo’lmish “ashure” retseptini beramiz.

1331667
Turk oshxonasi 52-qism

 

                               

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlarga turklarning eng qadimiy aziz shirinligi bo’lmish “ashure” retseptini beramiz.

Bug’doy, fasol, noxat, o’rik qoqi, anjir qoqi kabi turli xildagi mahsulotlardan tayyorlanadigan ashure “Nuh yeguligi” deb ham ataladi. Chunki, qadimgi rivoyatlarga ko’ra dengizda ko’tarilgan buyuk to’fondan so’ng, kemadagi Nuh payg’ambar va yonidagilarning yeguliklari tugay boshlaydi. Ashure Turkiyadagi ishonishlarga ko'ra, Nuh Payg'ambarning to'fondan so'ngra kemasida qolgan-qutgan yeguliklarning hammasini qozonga solib tayyorlagan taomi, deb bilinadi. Muharram oyida tayyorlanishining sabablaridan biri esa Haz. Huseyin va Karbalo voqeasi bilan bog'liq.
Huddi o’zbeklar Arafa kuni bir-birimizga osh tarqatganday, Turkiyada ham faqat Ashure shirinligi tarqatiladi.

Turkiyada Hijriy taqvimga ko’ra, Muharram oyi “ashure oyi” deb ham ataladi. Bu oyning 10-kuni ashure kuni hisoblanadi. Ashure asosan islom tarixida ushbu maxsus kunda pishiriladi. Xatto, ashure pishirilgach, duo qilinadi va shifo bo’lsin deya bemorlarga va yosh bolalarga yediriladi. So’ngra, qo’ni-qo’shnilarga tarqatiladi.

Keling endi ashure shirinligini tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat ekan, bir quloq solaylik!

 

Masalliqlar:

2 stakan maxsus ashura bug’doyi

3 stakan shakar

Yârim stakan fasol

Yarim stakan no’xat
Yârim stakan mayiz

4 dona anjir qoqi

4 dona o’rik qoqi

1 stakan findik yoki yong’oq mag’izi kerak bo’ladi.

 

Ustini bezatish uchun:

Dolchin, yong’oq va anor donalari kerak bo’ladi.

 

Endi navbat ashure shirinligini tayyorlashga. Avvalo oqshomdan bug’doy, fasol va no’xat tozalanib yaxshilab yuviladi. Alohida-alohida idishlarga solinib, suvga ivitiladi. Ertasi kuni bug’doy 3 litr suvda yumshagunicha pishiriladi. Xuddi shu shaklda noxat va fasol ham suvda pishiriladi. Pishirilgan fasol va noxat bug’doy pishirilayotgan qozonga ilova qilinadi va yana bir muddat pishiriladi.

So’ngra, shakar va yuvilgan mayiz ilova qilinadi. Navbat bilan maydalab to’g’ralgan anjir va o’rik qoqi ilova qilinadi. 5 daqiqa pishirilgach, findiq ilova qilinadi va yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra, olov o’chiriladi. Tayyor bo’lgan shirinlik kosachalarga solinib, usti maydalangan findiq, yong’oq, dolchin va anor donalari bilan bezaladi.

Mana ashure shirinligi ham tayyor bo’ldi.  Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 


Tanlangan kalimalar: #Muharram oyi , #Nuh payg'ambar , #Turkiya , #ashure

Aloqador xabarlar