Bularni bilasizmi 13-qism

Bir qator mamlakatlarda “moxer” deb nomlangan Angor echkisining juni (Angora) Turkiyada ishlab chiqarilishini bilarmidingiz?

1382786
Bularni bilasizmi 13-qism

 

              

        Angor echkisi – echkining qimmatli serjun zoti hisoblanadi. Ushbu echkilardan olingan sifatli jun “moxer” yoki “Angora” deb ham ataladi. Aslida ona vatani O’rta Osiyo bo’lgan Angor echkisi 13 asrda turk qabilalarining ko’chib kelishi bilan birga Anadoluga kirib kelgan.

Natijada hozirgi Turkiyaning Anqara shahri Angor echkisini urchitish markaziga aylangan. Bu zotning Angor echkisi deb atalishi ham shundan kelib chiqqan. Angor echkilari  baland tepaliklarda yashaydigan, quruq iqlimlarga chidamli kichik jussali hayvonlar hisoblanadi.

20 asrgacha faqatgina Anqara va atrofidagi shaharlarda boqilgan Angor echkilari keyinchalik boshqa mamlakatlarga ham yuborilishiga qaramay, borgan har joyida o’z nomini saqlab qolgan. Angor echkisidan olingan jun dunyo tekstilida eng qimmatbaho jun deb hisoblanadi.

Angor echkisining juni mayin, oppoq, tovlanuvchan, g‘oyat egiluvchan va pishiq, oson bo’yaluvchi, silliqligi sababli osonlikcha kirlanmaydigan xususiyatga ega. Qo’y juni, paxta va sintetika bilan aralashtirilgan holda, to’qima sanoatining voz kechilmas hom ashyolaridan biriga aylangan.

Angora echkilari hozirgi kunda Turkiyadan tashqari, janubiy Afrika, AQSh, Argentina, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda yetishtiriladi. Angor echkisi O‘zbekistonda, asosan Namangan va Andijon viloyatlarida boqiladi.


Tanlangan kalimalar: #moxer , #Angora , #Ankara echkisi , #Angor echkisi

Aloqador xabarlar