Turkiyada V etnosport madaniyat festivali boshlandi

Mazkur nufuzli tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov ham ishtirok etdi.

1841379
Turkiyada V etnosport madaniyat festivali boshlandi

 

Ma'lumki, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.

Qaror bilan etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda ushbu dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 

Etnosport turlarini O'zbekistonda yanada rivojlantirishga qaratilgan ushbu qaror o'zbek milliy qadriyatlari taraqqiyotida oldinga tashlangan muhim qadam bo‘ldi. 

Ta’kidlash joiz, turkiy tilli davlatlar orasida etnosport turlariga qiziqish va e’tibor juda yuqori.

Kecha, 9-iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida V etnosport madaniyat festivali tantanali ochildi.

Mazkur nufuzli tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov ham ishtirok etdi. 

V etnosport madaniyat festivalida dunyoning 26 davlati vakillari o‘z mahoratlarini namoyish etadi. 

Festival doirasida vazir A.Ikromov Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi janob Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an hamda yana bir qator yuqori martabali mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. 


Tanlangan kalimalar: #etnosport , #Turkiya

Aloqador xabarlar