AQShning Boston shahrida XXIV Turk Madaniyati va san’ati festivali boshladi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusetts shtatiga qarashli Boston shahrida XXIV Turk Madaniyati va san’ati festivali boshladi.

17 Kasım 2019 10:06

Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusetts shtatiga qarashli Boston shahrida navbatdagi XXIV Turk Madaniyati va san’ati festivali boshladi.

Bostonda 2000-yildan beri, Massachusettsda esa 2001-yildan beri uzluksiz uyushtirilgan Turk Madaniyati va san’ati festivalida turk bayrog’i baland ko’tarildi.

Festivalning asoschisi va Yangi Angliyadagi Turk-Amerika madaniyat uyushmasi rahbari Erkut Go’mulu, festivalning ochilishida so’zlagan nutqida, tadbirni an’anaviy bayroq marosimi bilan boshlatishdan qanchalik xursand ekanliklarini bildirdi.

Turkiyaning Bostondagi Bosh konsuli Jeylan O’zen Erishdan tashqari Boston shahar hokimi, meri va Boston parlamenti vakillarining barchasi so’zlagan nutqlarida alohida-alohida AQShda yashagan turklarni 29-oktabr, Respublika bayrami va festivalning ochilishi bilan tabrikladi.  

Turk musiqasi va turk oshxonasidan namunalar taqdim etilgan festivalning ochilish ziyofatiga ham ishtirokchilarning qiziqishi katta edi.

Fevtival 15-dekabr kuni o’z nihoyasiga yetadi.

“Anado’luning rang-barangligi” (Anadolunun renkleri) deb nomlangan festivalda ko’rgazmalar, film namoyishlari, konsertlar va Turk oshxonasini tanitish maqsadida turli dasturlar uyushtiriladi.

Festival doirasida uyushtiriladigan tadbirlar haqida quyidagi saytdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

"http://www.BostonTurkishFestival.org"