Bularni bilasizmi 1-qism

Yangi yilning dunyoning bir necha davlatida turli xil an’ana va tadbirlar bilan nishonlanganligini bilarmidingiz?

1332719
Bularni bilasizmi 1-qism

Yangi yilning dunyoning bir necha davlatida turli xil an’ana va tadbirlar bilan nishonlanganligini bilarmidingiz?

Har tarmoqda yangi boshlang’ichning ramziga aylangan yangi yil, dunyoning to’rt burchagida turli xil an’analar bilan nishonlanadi. Hammasidan maqsad kelajak yilning baraka va yangi imkonlar olib kelishiga bo’lgan ishonchga borib taqaladi. Yangi yilni nishonlash tarixda ma’lum bo’lgan eng qadimgi dam olish va uni nishonlash bayramidir. Unga dastlab miloddan avvalgi 4000-yillarda Bobilda duch kelinganligi aytilmoqda. Bobilliklarga ko’ra bohorning boshlang’ichi, yangi yilning ham boshlang’ichidir.

Milodiy taqvim bilan birga 1-yanvar, dunyoning hech qaysi astronomik yoki qishloq xo'jaligiga tegishli ahamiyati yo’qligiga qaramay mazkur taqvimdan foydalangan madaniyatlar tomonidan yilning boshi sifatida yangi yil deb nishonlana boshladi. Turkiyada milodiy taqvim 1925-yilning 26-dekabrida qabul qilingan va birinchi marotaba 1926-yili yangi yilni nishonlash maqsadida lotereya o’ynatilgan. 1935-yilning 1-yanvarida rasmiy dam olish kuni deb qabul qilinar ekan yangi yil kechasi bemalol dam olish bilan birga bayramona kayfiyatda, bayramona muhitda nishonlana boshladi.   

 


Tanlangan kalimalar: #yangi yil , #milodiy taqvim

Aloqador xabarlar