Bularni bilasizmi 17-qism

23-aprelning Turkiya Respublikasining birinchi milliy bayrami ekanligini bilarmidingiz?

1186828
Bularni bilasizmi 17-qism

23-aprel uzoq vaqtgacha Turkiyada ikkita bayram sifatida nishonlandi. Ulardan biri 1920-yilning 23-apreli kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisining ochilishiga bag’ishlandi. TBMM 1921-yili qabul qilgan qaror ortidan majlis ochilgan kunni, “Milliy bayram” deb e’lon qildi. Shu orqali 23-aprel, “Turkiyaning birinchi milliy bayrami” bo’lib qoldi. 1923-yildan e’tiboran esa “Milliy hokimiyat” bayrami sifatida nishonlana boshladi.  

“Bolalar bayrami” esa rasmiy bayram tushunchasidan iroq edi. Bolalarni himoya qilish tashkiloti, yetim bolalarga berilgan yordam miqdorini orttirish maqsadida 23-aprel kuni va 23-aprel o’rin olgan haftada turli tadbirlar uyushtira boshladi. Tashkilot tomonidan 1927-yili qabul qilingan qaror asosida 23-aprel, “bolalar kunidan bolalar bayrami” deb o’zgartirildi va ushbu bayram Prezident Ataturkning qo’llab-quvvatlashi bilan turli marosim orqali nishonlana boshladi. “23-aprel Bolalar bayrami”, 1933-yildan e’tiboran esa rasmiy davlat marosimi degan tus oldi.

Oradan yillar o’tib, 1980-yilning 23-apreli uchun mamlakatning barhca viloyatidan kelgan bolalarning ishtirokida “Milliy Bolalar parlamenti” tashkil topdi. Huddi ana shu yili Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi, marosimlarga qo’shni davlatlardan bolalarni taklif qila boshladi. Shu orqali Bolalar bayrami xalqaro miqyosda nishonalana boshladi. 1981-yili kiritilgan bir o’zgarish ortidan 23-aprel, “Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami” deb qabul qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar