Bularni bilasizmi 2-qism

Uyda mushuk parvarish qilish inson salomatligi uchun qanchalik foydali ekanligini bilarmidingiz?

1336022
Bularni bilasizmi 2-qism

 

 

         Uyda mushuk parvarish qilish inson salomatligi uchun qanchalik foydali ekanligini bilarmidingiz?

Insonlar bilan hayvonlar o’rtasidagi aloqa ustida tadqiqot olib borgan olimlar uyda mushuk boqish inson salomatligi uchun foydali ekanligiga amin bo’ldilar.

Uyda mushuk boqish ijtimoiy aloqani kuchaytiradi va yana ham ko’proq kulish, o’ynash va mashq qilishga zamin yaratgan holda depressiyani kamaytiradi. Natijada, immunitet tizimi yana ham yaxshiroq ishlaydi.

Kiprdagi bir qabristonda topilgan 9500 yillik mushuk skeleti inson va mushuklar o’rtasidagi yaqinlikka doir bir qator dalillarni o’zida mujassam qiladi. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, Anadoludan kelgan dexqonlar yovvoyi mushuklarni o’zi bilan birga qayiqda orolga olib keladilar. U vaqtgacha Kiprda mushuk zoti bo’lmagan. Bu esa, Anadoluda qadimgi davrlardan beri mushuklarning insonlar bilan birga yashab kelganligini ko’rsatadi.

Dunyodagi eng chiroyli mushuk zotlaridan biri Van mushugidir. Van mushuklari faqatgina Van ko’li havzasida yashaydigan noyob mushuk zotlaridan biridir. Van mushuklarining bir ko’zi ko’k, bir ko’zi sariq aralash jigarrang bo’ladi. Bu zotdor mushuklar ko’z rangining ikki xil bo’lishi bilan boshqa mushuklardan ajralib turadi. Bu esa, olimlar tomonidan genetik kasallik deb aytiladi. Van mushuklarining qurug’i tulki qurug’iga o’xshash bo’ladi. Tuklari oppoq, momiq, ipak kabi yumshoq bo’ladi. Bu mushuklar odatda suvni juda yaxshi ko’rishadi. 2006 yilning 22 aprelida Van mushugining ona vatani Turkiyaning Van shahri ekanligi rasmiy ravishda ro’yxatga olingan.

 


Tanlangan kalimalar: #mushuk , #Van mushugi

Aloqador xabarlar