Bularni bilasizmi 40-qism

Turkiyaning Antaliya shahrida o’rin olgan qadimiy Aspendos teatrining, dunyoning eng yaxshi saqlanib qolingan qadimiy teatr binosi ekanligini bilarmidingiz?

1279557
Bularni bilasizmi 40-qism

Turkiyaning Antaliya shahrida o’rin olgan qadimiy Aspendos teatrining, dunyoning eng yaxshi saqlanib qolingan qadimiy teatr binosi ekanligini bilarmidingiz?

Miloddan keyingi II asrda qurilgan Aspendos teatri, ilk kunlardan e’tiboran bir necha maqsadda foydalanilgan. Mazkur teatr binosi afsonalarga ko’ra me’mor Zenon tomonidan, yaxshi ko’rgan qizining otasiga yoqish uchun qurilgan. Va nihoyat u, o’z qo’li bilan yaratgan ajoyib akustik me’morchiligi tufayli qizning otasiga yoqib qoladi va to’ylari ham huddi mana shu teatr binosida o’tkaziladi.  

Qadimiy Aspendos teatrining ustida 21, pasida esa 20 qator o’rindiq o’rinlari bor. Tomoshabinlarning bemalol o’rnasha olishi uchun tobora kengaygan va yuqori cho’qqilarga yetaklovchi zinapoya tizimi qurilgan. O’z davrining protokoliga muvofiq ravishda, kiraverishdagi uychalar alohida imperatorning oilasiga ajratilgan.

Saljuqiylar davrida yashash joyi sifatida foydalanilgan, Saljuqiy sultoni Alovuddin Keykubat tomonidan bir qismi ko’shkka aylantirilgan teatr, bugungi kunda Xalqaro Aspendos Opera va balet festivali va bir necha xalqaro kongressga mezbonlik qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar