Bularni bilasizmi 52-qism

Mashhur turk pianinochi Fazil Sayning ayni vaqtda oxirgi 30 yilning eng muhim bastakorlaridan biri ekanligini bilarmidingiz?

1328318
Bularni bilasizmi 52-qism

Mashhur turk pianinochi Fazil Sayning ayni vaqtda oxirgi 30 yilning eng muhim bastakorlaridan biri ekanligini bilarmidingiz?

Turkiyaning Anqara shahrida 1970-yili tavallud topgan va to’rt yoshida pianino chala boshlagan Fazil Say, o’zining birinchi asarini 14 yoshida yaratdi. U, 1994-yili Yevropada yoshlar orasida o’tkazilgan konsert solistlari musobaqasida birinchi o’rinni qo’lga kiritar ekan o’z karyerasini 1995-yili Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan qit’alararo musobaqaning ham birinchi o’rnini qo’lga kiritishi ortidan boshladi.

Fazil Say konsertlardan tashqari oratoriyalar, fortepiano konsertlari, turli orkestra, kamer musiqa va pianino asarlari uchun qo’shiqlar yoza boshladi.

Ular qatorida Nozim va Metin Altioq marsiyasi degan sarlavha bilan oratoriyalar, fortepiano konsertlari, Albert Einstein hurmatiga bag’ishlab qalamga olingan orkestra asari, Wolfgang Amadeus Mozart tavalludining 250-yilligi munosabati bilan yaratilgan va “Patara” deb nomlangan balet musiqasi bor edi.

Unda shuningdek, 2007-yili xalq og’zaki ijodi ruhida ijod qilgan mashhur turk shoiri Oshiq Vaysalning “Qora tuproq” deb nomlangan xalq she’ri ta’sirida yaratgan pianino asari ham o’rin olgan va “Black Earth” deb nomlangan albomi Amerika Qo’shma Shtatlarida Billboard chartida 6-o'rinni egalladi.

Fazil Sayga 2008-yili Yevropa ittifoqi tomonidan “Madaniyat elchisi” degan unvon taqdim etildi. Ko’plab mukofat sohibi bo’lgan Fazil Say, 2016-yili dunyoning eng nufuzli musiqa mukofati hisoblangan Xalqaro Beethoven mukofatiga ham sazovor deb topildi.


Tanlangan kalimalar: #Fazil Say , #turk pianinochi

Aloqador xabarlar