Dunyodagi eng keksa ayol yaponiyalik Tanaka Keyn 119 yoshga to'ldi

2019-yil mart oyida Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan “dunyodagi eng keksa odam” unvoniga sazovor boʻlgan Tanaka kecha 119 yoshga toʻldi.

1756079
Dunyodagi eng keksa ayol yaponiyalik Tanaka Keyn 119 yoshga to'ldi

 

Dunyodagi eng keksa  ayoli  hisoblangan yaponiyalik Tanaka Keyn 119 yoshga to'ldi.

2019-yil mart oyida Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan “dunyodagi eng keksa odam” unvoniga sazovor boʻlgan Tanaka kecha 119 yoshga toʻldi.

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Fukuoka  viloyatidagi  qariyalar uyida yashovchi Tanaka kampus xodimlari bilan yuz ifodalari orqali muloqot qilgani xabar qilingan.

Qayd etilishicha, sonli boshqotirmalarni yechuvchi Tanaka shokolad va gazlangan ichimliklarni yaxshi ko‘radi.

Ta’kidlanishicha, 1903-yil 2-yanvarda 9 aka-ukaning 7-si bo‘lib dunyoga kelgan Tanaka 19 yoshida turmush qurgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li 1937-yili Ikkinchi Xitoy-Yaponiya urushida frontga jo‘natilgan.

Tanakadan oldin dunyodagi eng keksa ayol 2018-yil iyul oyida 117 yoshida vafot etgan yaponiyalik Chiyo Miyako edi.

1997 yilda 122 yoshida vafot etgan fransuz ayoli Jan Luiza Kalme Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, dunyodagi eng uzoq omon qolgan ayol hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #119 yosh , #Tanaka Keyn , #eng keksa  ayol

Aloqador xabarlar