Ersoy: Turkiya madaniy qadriyatlarini eng koʻp qayd ettirgan dunyoning 5 davlatidan biri

Mehmet Nuri Ersoy, “Tirik inson xazinalari, kelajakka yetkazilgan meros namoyandalari” mukofotini topshirish marosimida nutq soʻzladi.

1761690
Ersoy: Turkiya madaniy qadriyatlarini eng koʻp qayd ettirgan dunyoning 5 davlatidan biri

Turkiya Birlashgan Millatlar Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (YuNESKO) tomonidan 2003-yili qabul qilingan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konventsiyaga 2006-yili a’zo boʻldi. Tayyorgarliklar ortidan 2008-yildan beri bu roʻyxatga madaniy qadriyatlar kiritib keladi. Shu jumladan bugungacha 21 unsur orqali madaniy qadriyatlarini eng koʻp qayd ettirgan dunyoning 5 davlati qatoridan o‘rin oldi.

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy poytaxt Anqarada (tunov kuni) uyushtirilgan “Tirik inson xazinalari, kelajakka yetkazilgan meros namoyandalari” mukofotini topshirish marosimida nutq soʻzladi.

Ersoy ushbu nutqida, ming yillar davomida koʻplab madaniyatni bagʻriga bosgan bu tuproqlarning, tarixiy va madaniy qadriyatlari bilan doimo bir qadam oldinda boʻlishga muvaffaq boʻlganini ta’kidladi.

Nuri Ersoy, olib borilgan tadqiqotlar natijasida Turkiya nomoddiy madaniy meros sohasida namunali davlatlardan biriga aylanganini ifoda etgan holda:

“YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga qayd ettirgan 21 unsur orqali madaniy qadriyatlarini eng koʻp qayd ettirgan dunyoning 5 davlatidan biri boʻldik”.-dedi.



Aloqador xabarlar