Istanbulda "Etnosport" madaniy festivalining eng ajoyib manzaralari namoyish etilmoqda

Istanbulda bo’lib o’tgan "Etnosport" madaniy festivalining eng ajoyib manzaralari Istanbuldagi ko’rgazmada namoyish etilmoqda.

1346984
Istanbulda "Etnosport" madaniy festivalining eng ajoyib manzaralari namoyish etilmoqda

O'tgan yilning oktabr oyida Istanbulda bo’lib o’tgan "Etnosport" madaniy festivalining eng ajoyib manzaralari Istanbuldagi ko’rgazmada namoyish etilmoqda.

Istanbulning Yevropa qismida joylashgan Beyo’g’lu tumanida ochilgan “Etnosport madaniy festivali Fotosuratlar tanlovi ko'rgazmasi”ga bo’lgan qiziqish katta edi.

Butunjahon Etnospor Konfederatsiyasi kamondan otish, kurash va uloq tortish kabi yo’qolib borayotgan milliy sport o’yinlarini tiklash, ularni keyingi avlodga yetkazib berish faoliyatlarini davom ettirmoqda.   

Har festivalda bo’lganidek bu yil ham 5 bosqichda, ko’plab fotosuratchi ishtirok etgan tanlov uyushtirildi.

Unda 85 ta asar munosib o’ringa ega bo’lar ekan ularning hammasi “Etnosport madaniy festivali Fotosuratlar tanlovi ko'rgazmasi”da namoyish etildi.

Butunjahon Etnospor Konfederatsiyasi rahbari Bilal Erdo’g’an mavzu haqida, “Jamiyatlarning o’z madaniyatini saqlab qolishi dunyoning ko’p madaniyatli, rang-barang manzarasini saqlab qolishga ham xizmat qiladi” degan ifodalarga o'rin berdi.

Ko’rgazmadigi fotosuratlar, festivalning eng ajoyib lahzalarini aks ettirmoqda.

Ko’zgazma 11-fevralgacha ochiq.  

 

 



Aloqador xabarlar