Istanbulda ikkinchi an’anaviy islom san’atlari ko’rgazmasi ochildi

Mavlud haftasi munosabati bilan Istanbulda ikkinchi an’anaviy islom san’atlari ko’rgazmasi ochildi.

1303070
Istanbulda ikkinchi an’anaviy islom san’atlari ko’rgazmasi ochildi

Mavlud haftasi munosabati bilan Turkiya Din ishlari boshqarmasi qoshidagi fondning Ayol, oila va yoshlar markazi tomonidan Istanbuldagi Do’lmabahche san’at galereyasida ikkinchi “An’anaviy Islom san’atlari ko’rgazmasi” ochildi.

Ko’rgazmaning ochilish marosimida nutq so’zlagan Din ishlari boshqarmasi raisi Ali Erbash,

“Ollohning Rasuli, ‘Ollox go’zaldir, go’zallikni xush ko’radi’ deyish orqali ummatiga har qanday go’zallikni ko’rsatishi kerakligini va har doim chiroyli ishlar qilishlarini tavsiya qilgan. Hozirning o’zida chiroyli insonlar amalga oshirgan chiroyli asarlar quchog’idamiz. Bizning madaniyatimiz, san’atga ahamiyat bergan madaniyatdir” deya gapirdi.  

Ko’rgazmada zargarlik, xattotlik, chinni buyumlarini bezash, miniatyura, kitob muqovasini bezash, o’ymakorlik, geometrik naqsh va ebru (suvda surat chizish san’ati) kabi jami 8 turli san’at tarmog’ida 50 nafar o’quvchi bilan 8 o’qituvchining qariyb 200 ta asari o’rin olgan.  

Mazkur ko’rgazmani 8-noyabrdan 13-noyabrgacha, dushanba kunidan tashqari haftaning har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha tomosha qilishingiz mumkin.  



Aloqador xabarlar