Livanda, “Turk filmlari haftasi” tadbiri o’tkazilmoqda

Livanning Tripoli shahrida uyushtirilgan “Turk filmlari haftasi” tadbiri katta qiziqish bilan boshlandi.

1103202
Livanda, “Turk filmlari haftasi” tadbiri o’tkazilmoqda

Livanning Tripoli shahrida uyushtirilgan “Turk filmlari haftasi” tadbiri katta qiziqish bilan boshlandi.

Bayrutdagi, “Yunus Emre” nomidagi institut tomonidan Livanning shimolida o’rin olgan Tripoli shahridagi kino zalida o’tkazilayotkan tadbirning birinchi kunida “Uzun hikaye” (Uzun hikoya) deb nomlangan turk filmi, livanlik muxlislar e’tiboriga havola qilindi.

“Turk filmlari haftasi” tadbirining birinchi kunida Turkiyaning Bayrut elchisi Hakan Chakil, Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligining Bayrut vakili Serhat Kuchukkurt bilan Livanda yashagan ba’zi turk fuqarolari va liviyalik Turk filmi muxlislari ishtirok etdi.  

Turkiyaning Bayrut elchisi Hakan Chakil film boshlashidan oldin ishtirokchilar oldida qisqacha gapirib, Turk filmlari haqida ma’lumot berdi.

O’z so’zida mazkur tadbir doirasida havola qilinadigan 4 filmdan biri bo’lmish “Ayla” filmiga ham alohida to’xtalgan elchi, filmning hayotda yuz bergan voqea asosida suratga olinganligini ta’kidlagan holda, uning mutlaqo tomosha qilinishi kerakligini tavsiya qildi.

“Yunus Emre” institutining Bayrutdagi vakili Ibrahim Furkan O’zdemir roppa-rosa dunyoning 16 ta davlatida uyushtirilgan “Turk filmlari haftasi” doirasida Tripolida, Liviya tadbirining ochilishini, “Uzun hikaye” filmi orqali amalga oshirganliklarini qayd etdi.  

Ochilish filmini tomosha qilish uchun Tripolidan boshqa poytaxt Bayrut va boshqa viloyatlardan ham kelgan livanliklar sonining 200dan ortkanligini ham eslatgan O’zdemir, “Turk film haftasi” tadbirining “Bana Masal Anlatma” (Menga ertak aytma), “Kelebeğin Rüyası” (Kapalakning tushi) va “Ayla” deb nomlangan filmlar bilan bir hafta davom etishini ma’lum qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar