Mavlona Jaloliddin Rumiy, vafotining 745-yilligida yodga olindi

Bu yilgi Mavlonani Xalqaro miqyosda yodga olish marosimining to’rtinchi kuni Turkiyaning Qoniya shahrida uyushtirilgan tadbirlar bilan o’z nihoyasiga yetdi.

1104930
Mavlona Jaloliddin Rumiy, vafotining 745-yilligida yodga olindi

Mavlona Jaloliddin Rumiy, vafotining 745-yilligida yodga olindi.

Bu yilgi Mavlonani Xalqaro miqyosda yodga olish marosimining to’rtinchi kuni Turkiyaning Qoniya shahrida uyushtirilgan tadbirlar bilan o’z nihoyasiga yetdi.  

Har yili 7-dekabrdan boshlab 17-dekabrgacha uyushtirilgan yodga olish marosimlarida ham Turkiyadan, ham chet eldan minglab kishi ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasdia Mavlona Madaniyat markazining “Fuaye” maydonida ochilgan turli standlarga ishtirokchilar qiziqishi ham katta.

Mavlona Madaniyat markazining “Fuaye” maydonida tadbir davomida har kuni oqshom vaqtlarida uyushtirilgan ustaxona faoliyatlari asosida nay ustasi Ahmed Shahin, nay yasash san’ati haqida ma’lumot berdi.

Nomi tilga olingan markazning “Sema” zalida, Istanbuldan kelgan Tarixiy Turk Musiqasi guruhi, asarlarini o’z muxlislariga havola qildi.

O’mer Tugrul Inancherning Masnaviy suhbati ortidan Qoniya Turk Tasavvuf musiqasi guruhi tomonidan “Samo raqsi” ijro etildi.

Tadbirga mahalliy va chet ellik sayyohlarning qiziqisihi katta edi.  

Ishtirokchilar orasida eronlik sayyohlar soni ko’pligi tufayli tadbir turk, ingiliz va fors tilida olib borildi.



Aloqador xabarlar