Mayamidagi ko‘rgazmada rassom hamkasbining 120 ming dollarga baholangan asari devorga yopishtirilgan

Mayamidagi ko‘rgazmada rassom hamkasbining 120 ming dollarga baholangan asari devorga yopishtirilgan bananni yeb qo‘ydi.

1321299

Mayamidagi ko‘rgazmada rassom Devid Datuna devorga yopishtirib qo‘yilgan bananni yeb qo‘ydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

U skotchni ko‘chirib, bananni yarmini tishlagan va qolganini tashrif buyurganlarga namoyish qildi.

Devorga skotch bilan yopishtirib qo‘yilgan banan italiyalik rassom Mauritssio Kattelanning “Komediant” asari bo‘lib, Mayamidagi ko‘rgazmada ilk bor namoyish etilgandi. Ko‘rgazma davomida uning bananlarini ikki kolleksiyachi har birini 120 ming dollardan sotib oldi. Yana bir bananni muzeyga 150 ming dollarga sotish rejalashtirilmoqda.

Xaridor bu skotchlangan banan emas, san’at asari ekanligi haqidagi sertifikat va uni devorga qanday to‘g‘ri yopishtirish yuzasidan tavsiyalarga ega bo‘ladi.

Datuna yeb qo‘ygan banani uchun pul to‘laydimi, yo‘qmi hozircha ma’lum emas. Ko‘rgazma bo‘layotgan galereya rassomga qarshi hech qanday ayblov ilgari surilmaganini bildirdi. Mauritssio Kattelanning o‘zi ham hamkasbining qilig‘iga hozircha izoh bermadi.

Aloqador xabarlar