O'zbekistonda Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ketmoqda

2021 yil 10-15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan II xalqaro hunarmandchilik festivali shiorini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov eʼlon qilindi.

1592323

Ijodiy tanlovda professional yozuvchi, shoir, jurnalistlar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va boshqalar) ham ishtirok etishi mumkin.

“Shiorning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va taʼrifini qisqacha bayon eting. Shior loyihasi festival mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy g‘oyaning izchilligiga ega bo‘lishi, festival mavzusiga mosligi, shior xalq amaliy sanʼati hunarmandchilikni ifodalashi, Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yayotgan davlat deb eʼtirof etilgan bugungi O‘zbekistonning yangicha  taraqqiyot davrini qamrab olishi hamda II xalqaro hunarmandchilik festivalini tarannum etgan bo‘lishi kerak”, deyiladi Badiiy akademiya xabarida.

Ijodiy tanlov g‘olibiga besh million so‘m mukofot puli  beriladi.

Tashkilotchilarning maʼlum qilishicha, tanlovga materiallar 2021 yil 14 mart soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi.

Aloqador xabarlar