“Oltin libosdagi odam” Turkiyada namoyish qilinadi

Qozog‘istonlik arxeologlar tomonidan Olmaota yaqinidagi Issiq daryosi sohilidan topilgan "oltin odam" meloddan avvalgi 5-asrda yashagan sak jangchisining qoldig‘i bo‘lgan.

1262365
“Oltin libosdagi odam” Turkiyada namoyish qilinadi

 

Qozog’istonda bundan 50 yil muqaddam topilgan “Oltin libosdagi odam” 12 sentyabr-12 oktyabr kunlari Ankarada namoyish qilinadi.

Dastlabki va eng mashhur "oltin odam" 1969-1970 yillarda Olmaota yaqinidagi Issiq daryosi sohilidan topilgandi. Bu oltin libosdagi sak jangchisining qoldig‘i bo‘lgan. U keyinroq Qozog‘iston milliy ramzlaridan biriga aylangan.

Qozog’istonning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda Sak davriga oid “Oltin odam” yoki “Oltin libosdagi odam” Turkiyadagi Anadolu madaniyatlar muzeyida namoyish qilinadi.

Hozirda Qozog’iston milliy muzeyida saqlanayotgan “Oltin libosdagi odam” avvallari Belorus, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Polsha va Janubiy Koreyada ham namoyish qilingandi.

Qozog‘istonlik arxeologlar tomonidan Olmaota yaqinidagi Issiq daryosi sohilidan topilgan "oltin odam" meloddan avvalgi 5-asrda yashagan sak jangchisining qoldig‘i bo‘lgan.

O’tgan yili iyun oyida Aktobeda qum qazib olinayotgan vaqtda ishchilar inson bosh chanog‘i va ko‘plab tilla taqinchoqlarni topib olishdi. Dastlabki taxminga ko‘ra, bu taqinchoqlar “oltin odam”ga oid.

Antropologlar ushbu “Oltin odam”ning eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda yashagan 17-18 yoshli sak jangchisi deb hisoblashmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar