TRT 1 telekanalining yangi seriali: “Uyg‘onish: Buyuk Saljuq turk davlati.”

TRT 1 telekanalining yangi seriali “Uyg‘onish: Buyuk Saljuq turk davlati” 28 – sentabr kuni tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

1488912
TRT 1 telekanalining yangi seriali: “Uyg‘onish: Buyuk Saljuq turk davlati.”

Turkiya Milliy teleradikompaniyasi (TRT) tomonidan Saljuq turk davlati davrini qo‘lga olgan yangi serial, “Uyg‘onish: Buyuk Saljuq turk davlati” ning birinchi bo‘limi 28 – sentabr kuni tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Teleradiokompaniya tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra o‘tgan haftalarda nomi berilmay bo‘lishilgan birinchi taqdimoti bilan e’tiborlarni o‘ziga qaratgan serialning nomi, ikkinchi taqdimotida “Uyg‘onish: Buyuk Saljuq turk davlati” ekanligi ma’lum qilindi.

Barcha tomonidan katta qiziqish bilan kutilgan serialning Turkiya Milliy teleradikompaniyasining “TRT 1” telekanalida, “Qilichlar porlatgan, qalamlar oydinlik kiritgan bir davr” qo‘lga olingan “Uyg‘onish: Buyuk Saljuq turk davlati” 28 – sentabr haftaning dushanba kuni birinchi bo‘limi bilan tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Bu orqali TRT telekanallarida tomoshabinlor qalbida alohida o‘rin olgan bir qator shu jumladan “Filinta”, “Tirilish Ertug‘rul”, “Poytaxt Abdulhamid” va “Yo Istiqlol yo o‘lim” deb nomlangan tarixiy seriallarga yana bitta kuchli asar qo‘shilgan bo‘ldi.  

Ushbu asarlar o‘yinchilarning liboslari, tarixiy makonlari va hikoyalari bilan ham ko‘z qamashtirmoqda.

 



Aloqador xabarlar