Turkiyada turizm 16- qism

Turkiyaning Marmara mintaqasida,  original tarixiy tuzilishini davom ettirgan  haqiqiy uylar va  ko’chalari bilan ajoyib bir qishloq: Jumalikizik

1183667
Turkiyada turizm 16- qism

Turkiyaning Marmara mintaqasida,  original tarixiy tuzilishini davom ettirgan  haqiqiy uylar va  ko’chalari bilan ajoyib bir qishloq: Jumalikizik... “ Usmonli imperiyasi davrida  Anado’lida qishloq hayot qanday deb qiziqqan sayyohlarni mehmon qilmoqda.

Cumalıkızık, Bursa viloyati ichida joy olmoqda.  2014 yilda YuNESKO Jahon madaniy meros ro'yxatiga kiritilgan.

Bu hudud , Usmonli imperiyasining tashkil etishiga guvohlik qilishi jihatidan juda muhimdir....

“Bursa va Cumalıkızık: Usmonli imperiyasining tug'ilishi” Jahon meros maydoni bo’lib Bursa shaharida 6ta madaniy merosni o’z ichiga  olmoqda. Bular, O’rhangazi majmuasi, atrofini o’rab olgan karvon saroylar hududidir,  Xudovandigar majmuasi, Yildirim majmuasi ,Yashil majmua, Muradiya majmuasi   va Jumalikizik qishlog’idir... 

Usmonl imperiyasining birinchi poytaxti bo’lgan Bursa, 14- asrdan beri ijtimoiy, madaniy va savdo jihatidan borgan sari rivojlangandir. Usmonli davrida shaharga o’nlab jome, madrasa, maqbara, mehmon uylari, hammom, imorat xonalar, shifoxona  qurilgan. Bursaning shaharlashish modeli, keyinchalik qurilgan Usmonli-Turk shaharlariga misol tashkil etgan.

Bursa  butunjahon madaniy meros ro’ytiga kirishini ta’min etgan boy tarixiy binolari bir Anado’li davlatidan jahon imperiyasiga borgan jarayonni ko’zlar oldida namoyon qilgan izlar qoldirgan.

Usmonli imperiyasi taxminan 700 yillik  hukmronligi paytida  insho etilgan imoratlar, sayyohlar go’yo zamon ichi sayohatga olib boradi.

Bursa shahar markaziga 13 km masofada bo’lgan Uludag’ etagiga joylashgan Jumalikizik qishlog’i,  ham tarixiy tuzilishi hamda  an'anaviy hayot tarzini bugungacha  saqlab qolgan, birinchi  usmonli davri me’mori  uslubini aks ettirgan uylar,   yomg’irli kunlarda  suvning oqib ketishi uchun o’rtasi kanalga  mos  holiga keltirilgan tekis tosh to’shalgan ko’chalari, yodgorlik binolari bilan go’yo maydon muzeyidir.

 

loydan yasalgan  uylar, rang barrang  devorlar, ko’cha buloqlari bilan sizni bugunki kundan uzoqlashtirib o’tmishga olib boradi.

Jumalikizik har yil minglab sayyohni mehmon qilsa ham, qishloqda qishloq xo’jalik mahsulot  ishlab chiqarish faoliyatini  davom etirmoqda. Qishloqliklar qishloq maydonidagi bozorda o’z mahsulotlarini sotmoqdalar .

Bursaga sayohat qilganlarga  tavsiyamiz, ajoyib tabiiy go’zalligi bilan mashhur uludag’ni  ko’rmasdan, shifo baxsh suvlarga bormasdan,  Bursa ipagi olmasdan, mashhur mintaqiviy taomi hisoblangan  Iskender kabob, kamolposha shirinligi va kestane shakaridan tatib ko’rmasdan  qaytmang.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bursa Jumalizkik , #Qishloq

Aloqador xabarlar