Yevroosiyo kun tartibi 4-qism

Dasturimizning bugungi sonida Bursada bo’lib o’tadigan navbatdagi Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlarining Turkiyaga qo’shadigan ijobiy hissalari haqida so’z qilamiz.

1345572
Yevroosiyo kun tartibi 4-qism

Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlarining uchunchisi 2018-yilning 2-8 sentabri kunlari Qirg’izistonda bo’lib o’tgandi. Shu yilning 17-yanvari kuni Qirg’iz Respublikasining Madaniyat, axborot va turizm vaziri Azamat Jamanqulov navbatdagi o’yinlarning Turkiyaning Bursa viloyatiga qarashli Iznik tumanida o’tkazilishini ma’lum qildi. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi sonida Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlarining Turkiyaga qanday hissalar qo’shishi haqida so’z qilaylik.

Navbatdagi Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlarining Turkiyaga birdan ko’p konkret foyda olib kelishini aytishimiz mumkin. Eng avvalo shuni aniq ayta olamiz ki Turkiya va turk xalqi yangi o’yin turlari bilan tanishadi. Anadolu xalqining bu o’yinlarni yo’qtirishi ularning boshqa Turk Respublikalarining bir-biri bilan yaqindan aloqa o’rnatishiga ham ijobiy hissa qo’shadi.  

Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlari, Turk xalqlarining o’zlarini butun dunyoga tanishtirishi jihatidan ham ajoyib imkon yaratadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Oxirgi o’yinlarda 3000 dan ortiq sportchi ishtirok etib, sportning 37 turida musobaqalar uyushtirildi. Navbatdagi o’yinlarga kamida 5000 o’yinchining ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Arab va Afrika hududidagi ko’chmanchi o’yinlarining Turkiyada o’ynaladigan o’yinlarga qo’shilishi Turkiya uchun katta yutuq hisoblanadi. Turkiya mezbon davlat sifatida bugungacha o’yinlarda ishtirok etmagan lekin ko’chmanchi o’tmishga ega bo’lgan xalq va davlatlarni Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlariga taklif qilish orqali xalqaro miqyosdagi o’rnini yana-da mustahkamlashi mumkin. Eng muhimi yuqorida nomi tilga olingan davlatlar bilan yangi sheriklik ta’sis etish ehtimoli bor.

Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlari qish va yoz olimpiada o’yinlari uchun turli alternativalarni yaratish salohiyatiga ham egadir. Olimpiada oloviga alternativ sifatida muzlik suvi quyilgan “köökör”ning taqdim etilishi ham iqlim o'zgarishi muammosiga qarshi kurash olib borayotgan dunyoga yangi va orginal g’oya taqdim etmoqda. Dunyoning turli nuqtalarida o’chmagan, to’xtamagan olov balki Turkiya yetakchiligida sovuq muzlik suv orqali o’chiriladi va tinchlik, qardoshlik merosni davom ettiriladi.  

Turkiya to’rtinchi Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlarida ishtirok etadigan davlatlarning liderlarini, o’yinlarning ochilish marosimiga taklif qilib, norasmiy turda yig’ilish ham uyushtirishi va bu orqali amaldagi dunyo tuzilishidan norozi mamlakatlarning muammolarini takror farqli platformalar yordamida kun tartibiga olib chiqishi mumkin.  

Oixrgi o’yinlarga 60-70 ming sayyohning tashrif buyurganini e’tiborga olgudek bo’lsak unda geografik o’rni jihatidan Turkiya bu o’yinlarga kamida 100 ming chet ellik sayyohni o’ziga jalb etishi mumkin. Ko’chmanchi o’yinlari turizm tarmog’iga yangi ko’rinish, yangi tus ham qozondiradi.

Aziz dasturimiz muxlislari bu tadbirlar Turk kengashi o’rnining mustahkamlanishiga ham xizmat qilishi kerak. Chunki Turk kengashi orqali Turk Respublikalari ovozini dunyoga yana da barralla ayta oladi. Istanbuldagi Turk kengashi ofisi 2020-yili bo’lib o’tadigan Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlari uchun ixtiyoriy yoki vaqtinchalik faoliyat olib boradigan personallar sonini orttirgan holda, o’z faoliyatlarini ko’p qirrali yurita boshlashi zarur.

Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlari bir sport tadbirlarigina iborat bo’lib qolmay ayni vaqtda san’at tarmog’i jihatidan ham turli tadbirlarga mezbonlik qilmoqdadir. Turkiya to’rtinchi Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlari asosida madaniyat va san’at tarmog’ida o’tkaziladigan mushtarak tadbirlarning institutsional bazasining shakllanishiga hissa qo’shishi mumkin.

Turk Tarix jamiyati yoki boshqa tashkilot Turk akademiyasi bilan birgalikda to’rtinchi Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlari doirasida katta konferentsiya va qurultoy uyushtirishi mumkin. Ko’chmanchi madaniyatidagi turklarning o’rni va ko’chmanchi falsafasining odam bolasiga nimalar taqdim etganligi, yutuqlari va kelajak uchun foydalari ustida dunyoning nufuzli olimlari, mutafakkirlarini taklif qilib Turkiya uchun farqli ko’z qarash taqdim etishi mumkin.

Oxirgi o’yinlar dunyoning 60 ta davlatida tuz efir orqali namoyish etildi va dunyoning 56 ta davlatidan tashrif buyurgan 604 nafar jurnalist, o’yinlarni birma-bir kuızatib bordi. Keyingi o’yinlarning dunyoning yuzdan ortiq davlatida tuz efir orqali namoyish etilishi va yuzdan ortiq mamlakatning jurnalistlari tomonidan o’yinlarning kuzatilishini ta’minlash mumkin. Bu orqali Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlari tom ma’noda xalqaro o’yinga aylanadi va Butunjahon ko’chmanchi xalqlar o’yinlarini bu saviyaga ko’targan ham Turkiya bo’ladi. Turkiyaning mushtarak Turk merosini eng a’lo darajada saqlab qolishi va uni butun dunyoga tanitishi, Turk Respublikalari va jamiyatlari bilan bo’lgan munosabatlariga ham jadallik qozondiradi. Anadoluning turk xalqlarining markaziga aylanishini davom ettiradi.

 

 



Aloqador xabarlar