YTB, birinchi avlod g‘urbatchilar tajribasini kelajak avlod bilan bo‘lishmoqchi

Chet ellik turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi (YTB), birinchi avlod g‘urbatchilar tajribasini kelajak avlod bilan bo‘lishmoqchi.

1496048
YTB, birinchi avlod g‘urbatchilar tajribasini kelajak avlod bilan bo‘lishmoqchi

Chet ellik turklar va qardosh xalqlar boshqarmasi (YTB)  musofir va g‘urbatchi yurtdoshlariga, o‘z tajribalari va boshdan kechirganlarini kelajak avlod bilan bo‘lishishi uchun imkon yaratmoqda. Unga ko‘ra musofir yurtdoshlar “Inson xazinalari seriyasi – Birinchi avlod hikoyalari chaqirig‘i” loyihasiga taklif qilindi.

YTB tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Inson xazinalari seriyasi – Birinchi avlod hikoyalari chaqirig‘i” loyihasi orqali 1961 – 1975 yillari vatani, oilasi, yaqinlarini tark etib musofir yurtga yo‘l olgan mehnat migrantlari qahramonlariga oid hikoyalarning kelajak avlod bilan bo‘lishilishi eslatib o‘tilgan holda, qabul qilingan murojaatlar qatoridan, eng mazmunli deb topilgan hikoyalarning mukofatlantirilishi qayd etildi. 

Bayonotda quyidagi ifodalarga ham o‘rin berildi:

“Yosh cheklovi yo‘q va butun dunyoga ochiq bo‘lgan murojaatlar sozlutarih@ytb.gov.tr adresi orqali qabul qilinadi. Hikoya va tasvirga olish masalasi bo‘yicha batafsil ma’lumotga esa www.ytb.gov.tr adresida o‘rin olgan shartnomadan erishish mumkin. 1961 – 1975 yillari orasida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Niderlandiya, Angliya, Shvetsiya, Shveytsariya, Kanada yoki Norvegiyaga ko‘chib ketgan birinchi avlod mehnat migrantlari hikoyasini tasvirga olish ishlari rejalashtirilmoqda. Hakamlar hay’atining baholashi ortidan esa tanlangan hikoyalarga 4 ming lira pul mukofati beriladi. Murojaat qilish uchun oxirgi kun, 2020 – yilning 31 – dekabri.”



Aloqador xabarlar