"Fenerbahche" "Spartak Trnava" jamoasini 2-1 hisobida mag'lub etdi

Trnava shahridagi “Antona Malatinskeho” stadionida “Spartak Trnava” va "Fenerbahche" jamoalari bellashuvi bo'lib o'tdi.

2047128
"Fenerbahche" "Spartak Trnava" jamoasini 2-1 hisobida mag'lub etdi

 

"Fenerbahche" jamoasi UEFA Yevropa Konferentsiya Ligasi H guruhi ikkinchi uchrashuvida Slovakiyaning "Spartak Trnava" jamoasini 2-1 hisobida mag'lub etdi.

Norvegiyalik futbolchi King ikkita gol urib, match qahramoniga aylandi.

Trnava shahridagi “Antona Malatinskeho” stadionida “Spartak Trnava” va "Fenerbahche" jamoalari bellashuvi bo'lib o'tdi.

Matchni germaniyalik hakam Sasha Shtegemann boshqarib bordi.

"Fenerbahche" o'yinning 70-daqiqasida Joshua Kingning goli bilan oldinga chiqib olgan bo'lsa, 81-daqiqada farqni 2taga yetkazdi.

Matchning 88-daqiqasida Oforining goliga to'sqinlik qila olmagan "Fenerbahche", maydonni 2-1 hisobida g'alaba bilan tark etdi.

Bu natija bilan o'z guruhidagi ikkinchi o'yinda g'alaba qozongan "Fenerbahche" jamoasi peshqadamga aylandi.

"Spartak Trnava"ni mag'lub etgan jamoa Superliga va Yevrokuboklardagi barcha 15 rasmiy o'yinda g'alaba qozonib, mag'lubiyatsiz chempionligini saqlab qoldi.


Tanlangan kalimalar: #Spartak Trnava , #Fenerbahche

Aloqador xabarlar