Turkiya milliy sportchisi Bug'ra Unal Qirg'izistonda chempion bo'ldi

Xalqaro zamonaviy pentatlon ittifoqi (UIPM) tomonidan Bishkek shahrida tashkil etilgan musobaqalar erkaklar toifasidagi final bellashuvi bilan yakunlandi.

2053381
Turkiya milliy sportchisi Bug'ra Unal Qirg'izistonda chempion bo'ldi

 

Turkiya milliy sportchisi Bug'ra Unal Qirg'izistonda bo'lib o'tgan Zamonaviy pentatlon olimpiya saralash poygasida chempion bo'ldi.

Xalqaro zamonaviy pentatlon ittifoqi (UIPM) tomonidan Bishkek shahrida tashkil etilgan musobaqalar erkaklar toifasidagi final bellashuvi bilan yakunlandi.

Turkiya milliy sportchisi Bug'ra Unal qilichbozlik, ot minish, suzish, yugurish va otish bosqichlarida jami 1500 ball to'plagan holda poygani birinchilik bilan yakunladi.

Bolgariyalik Todor Mixalev 1494 ball bilan ikkinchi, vengriyalik Kendi Viczyan 1480 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Olimpiada reytingi poygasida chempion sifatida 40 ball olgan Bug'ra Unal, olimpiadadagi reyting ochkolarini 72 taga olib chiqdi.

Kecha bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi final bosqichida milliy pentatletchi İlke O'zyuksel shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi.

Olimpiada saralash poygalari Qirg‘iziston bosqichidan so‘ng 2024-yilning 25-28-yanvar kunlari Misrda bo‘lib o‘tadi.


Tanlangan kalimalar: #Bug'ra Unal

Aloqador xabarlar