Turkiya “Yevro-2032” o‘yinlariga mezbonlik qiladi

“Yevro-2032” o‘yinlarini o‘tkazish uchun Italiya va Turkiya 20 ta stadionni taqdim etdi.

2049419
Turkiya “Yevro-2032” o‘yinlariga mezbonlik qiladi

 

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 2028 va 2032 yilgi Yevropa chempionatlari qaysi davlatlarda o‘tishi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2028 yilgi Yevropa chempionati Angliya, Uels, Shotlandiya, Irlandiya va Shimoliy Irlandiya davlatlarida bo‘lib o‘tadi. 2032 yilgi chempionatga esa Italiya va Turkiya mezbonlik qiladi. Bu qaror UEFA ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishida qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, “Yevro-2032” o‘yinlarini o‘tkazish uchun Italiya va Turkiya 20 ta stadionni taqdim etdi.

UEFA esa ushbu stadionlar orasidan 2026 yilning oktyabriga qadar har ikki davlatdan beshtadan futbol maydonini mezbonlik uchun tanlab oladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Yevro-2024” musobaqasi Germaniyada o‘tkaziladi. Hozirda mazkur musobaqaning amaldagi chempioni Italiya terma jamoasi hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #UEFA

Aloqador xabarlar