O‘zbekistonlik futbolchi Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Kecha, 5 noyabr kunida Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rize viloyatiga tashrifi chog‘ida “Rizespor” klubini qabul qilib, jamoa rahbariyati va futbolchilari bilan suhbat qurdi.

2060679
O‘zbekistonlik futbolchi Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

 

Kecha, 5 noyabr kunida Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Rize viloyatiga tashrifi chog‘ida “Rizespor” klubini qabul qilib, jamoa rahbariyati va futbolchilari bilan suhbat qurdi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida “Rizespor” klubida to'p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Husniddin Aliqulov ham bor edi.

Uchrashuv davomida “ko‘k-yashillar” jamoasi prezidenti Ibrohim Turgut Prezident Erdo‘g‘anga “Rizespor” libosi va qush haykalini sovg‘a qildi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Husniddin Aliqulov shu yilning sentyabr oyidan buyon Turkiya klubi safida to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum mamlakat chempionatining 10 ta o‘yinida maydonga tushdi. Aliqulovning “Rizespor” bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, himoyachining qiymati 1,20 million yevroni tashkil etadi.


Tanlangan kalimalar: #Rizespor , #Husniddin Aliqulov

Aloqador xabarlar