Antaliyadagi musobaqada o'zbek qilichbozlar oltin medallarni qo‘lga kiritdi

Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi.

2072833
Antaliyadagi musobaqada o'zbek qilichbozlar oltin medallarni qo‘lga kiritdi

 

Turkiyaning Antaliya shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi dunyoning kuchli jamoalarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

O'zbek qilichbozlar Xalqaro qilichbozlik federasiyasi tomonidan o‘z yo‘nalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb e’tirof etildi.

Ular musobaqa davomida Gruziya, GermaniyaUkraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Qizlar esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalariga imkoniyat qoldirishmadi.


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar