Sasha Boening "Galatasaray"dan "Bavariya"ga transfer bo'ldi

Myunxenliklar 22 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro to‘ladi.

2094604
Sasha Boening "Galatasaray"dan "Bavariya"ga transfer bo'ldi

 

Himoyachi Sasha Boening "Galatasaray"dan "Bavariya"ga o‘tishi Turkiya transfer bozoridagi rekordni yangiladi.

Myunxenliklar 22 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro to‘ladi. Ushbu mablag' bonuslar hisobiga yana 5 million yevroga oshishi mumkin.

Bu Turkiya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.

Bungacha rekord 2018 yilning yanvar oyida qayd etilgandi. O‘shanda "Beshiktash" Jenk Tosunni "Everton"ga 22,5 mln yevroga sotgandi.


Tanlangan kalimalar: #Bavariya , #Galatasaray

Aloqador xabarlar