O'zbek futbolchi "Kayserispor" klubi bilan shartnoma imzolaydi

"Biz "Frozinone" klubi hujumchisi Mehdi Burabiya, SSKA Sofiya forvardi Dukens Nazon va "Fotih Karagumruk" yarim himoyachisi Otabek Shukurov bilan kelishuvga erishdik", — dedi klub prezidenti Ali Chamli.

2099980
O'zbek futbolchi "Kayserispor" klubi bilan shartnoma imzolaydi

 

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyaning boshqa jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.
27 yoshli futbolchi "Kayserispor" klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Bu haqda klub prezidenti Ali Chamli ma’lumot berdi.

"Biz "Frozinone" klubi hujumchisi Mehdi Burabiya, SSKA Sofiya forvardi Dukens Nazon va "Fotih Karagumruk" yarim himoyachisi Otabek Shukurov bilan kelishuvga erishdik", — dedi Chamli.

"Kayserispor" klubi Turkiya chempionatining joriy mavsumida 24 o‘yindan keyin 29 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi.


Tanlangan kalimalar: #Otabek Shukurov , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar