Tokio-2020 Olimpiya o’yinlari 2021 yilga qoldirildi

“Tokio Olimpiadasi va Paralimpiya o’yinlarini 2021 yilning yoz oyigacha qoldirishga kelishdik. Bu insoniyatning koronavirus ustidan g’alabasi hisoblanadi”, - deb aytgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe.

1402347
Tokio-2020 Olimpiya o’yinlari 2021 yilga qoldirildi

 

Koronavirus sababli dunyoda ko’plab mahalliy va xalqaro sport musobaqalari bekor qilinmoqda. Joriy yilda o’tkazilishi rejalangan Tokio-2020 Olimpiya o’yinlari 2021 yilga qoldirildi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi qaror qabul qildi.

“Tokio Olimpiadasi va Paralimpiya o’yinlarini 2021 yilning yoz oyigacha qoldirishga kelishdik. Bu insoniyatning koronavirus ustidan g’alabasi hisoblanadi”, - deb aytgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe.

Avvalroq, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Yaponiya hukumati bilan  2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish va mavjud muammolarni bartaraf etish xususida hamkorlik qilishini ma’lum qilgandi.

Kyudo xabar agentligi xabar berishicha, Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe harajatlarni to’liq ko’tarishga va’da bergan va olimpiadalarni o’tkazish uchun 3 mlrd dollar mablag’ ajratishini bildirgandi.

Yaponiya vazirlar mahkamasi kotibi Yoshihide Suga bu xabarni qat’iyan rad etdi.
Matbuotga brifing bergan Yoshihide Suga “Bu xabar yolg’on. Yaponiya bunday va’da bermadi”,-dedi.

“Harajatlarni ko’tarish Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining vazifasidir”,-deb aytgan Yoshihide Suga.

Olimpiadalarning qoldirilishi tufayli 2 mlrd 700 mln dollarlik qo’shimcha harajat chiqishi kutilmoqda.

Olimpiya o’yinlari 2021 yilning qaysi oyi va kunlarida bo’lishi hozircha noma’lum. Musobaqaning qoldirilishi oqibatida reyslar va mehmonxonalardagi bronlar bekor bo’lib, Yaponiyadagi ko’plab kompaniyalar iqtisodiy zarar ko’rishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar