Koreyalik futbolchi Son Xyon Min harbiy xizmatga chaqirildi

Londonning “Tottenhem” klubi jamoasining yarim himoyachisi Son Xyon Min Janubiy Koreyaning Jeju orolida joylashgan dengiz flotida xizmat o’taydi.

1402460
Koreyalik futbolchi Son Xyon Min harbiy xizmatga chaqirildi

 

Londonning “Tottenhem” klubi jamoasining yarim himoyachisi Son Xyon Min Janubiy Koreyada uch haftalik harbiy xizmatga chaqirildi.

27 yoshli futbolchi Janubiy Jeju orolida joylashgan dengiz flotida xizmat o’taydi.

Koreyalik futbolchi Son Xyon Min harbiy xizmatni 8 mayda yakunlaydi.

U 2018 yili Osiyo o’yinlari futbol turnirida oltin medal sohibi bo’lgandi, shu sababli harbiy xizmatdan qisman ozod etilgandi.

Odatda Janubiy Koreyada harbiy xizmat o’tash muddati 21 oydan iborat.

Koreyalik futbolchi mart oyi yakunida Angliyadan yurtiga qaytgandi.

Koreyadagi majburiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, futbolchi may oyida yana Londonga qaytib kelishi rejalashtirilgan. 

Ma'lumot uchun, Son Xyon Min qo‘li sinishi sababli hozirgacha tiklanish jarayonini o‘tayotgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar