Istanbulda 2000ga yaqin suzuvchi ishtirokida musobaqa o'tkazildi

Suzish musobaqasi 17-19 iyun kunlari Istanbuldagi To‘zko‘paran suzish havzasida o‘tkazilgan poygalar bilan yakunlandi.

1846078
Istanbulda 2000ga yaqin suzuvchi ishtirokida musobaqa o'tkazildi

 

Istanbulda 21 avgust yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Samsung Bosphorus qit'alararo suzish poygasi" uchun tanlovlar 2000ga yaqin suzuvchi ishtirokida o'tkazildi.

Turkiya Milliy olimpiya qo'mitasi (TMOK) tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, musobaqa uchun tanlovlar Anqara, Gaziantep, Izmir va Istanbulda o'tkazildi.

Suzish musobaqasi 17-19 iyun kunlari Istanbuldagi To‘zko‘paran suzish havzasida o‘tkazilgan poygalar bilan yakunlandi.

To'rtta shaharda bo'lib o'tgan musobaqalarda 1947 nafar suzuvchi, jumladan, 404 nafar ayol va 1543 nafar erkak o'z mahoratini ko'rsatdi.

"Samsung Bosphorus qit'alararo suzish poygasi"da 1200 nafar suzuvchi qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul

Aloqador xabarlar