Kanada Tokio-2020 Olimpiadalariga qatnashishdan voz kechdi

Kanadaning Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari koronavirus epidemiyasi sababli o‘z jamoalarini Tokio-2020 yozgi Olimpiadalariga yubormaslikka qaror qildi.

1383454

Bu haqda Kanadaning Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalarining internetdagi sahifalarida e’lon qilingan.

“Biz Olimpiada O‘yinlari qoldirilishi bilan bog‘liq yuzaga keladigan muqarrar muammolarni tan olamiz, biroq sportchilarimiz va jahon hamjamiyati xavfsizligi va sog‘lig‘idan muhimroq narsa yo‘q”,-deyiladi Kanadaning Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari bayonotida.

Ushbu bayonot e'lon qilingandan bir necha soat o‘tib Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 Olimpiadalarining keyinga ko‘chirilishi bo‘yicha yakuniy qaror 4 haftadan keyin qabul qilinishini ma'lum qilgan.

Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Tokio-2020 , #Kanada

Aloqador xabarlar