O'zbekiston Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin...

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun taklif yuborgan besh a'zo assotsiatsiya nomini rasman tasdiqladi.

1449939

Qit'a birinchiligini qabul qilish uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham da'vogarlik qilmoqda.

Bu haqda tashkilotning Matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Shuningdek, Osiyo kubogi bahslarini qabul qilish huquqi uchun Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni ham ariza topshirganligi ma'lum qilindi. 
Keyingi navbatda, OFK har bir talabgor a'zo assotsiatsiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib boradi. 

XIX Osiyo kubogining rasmiy mezboni 2021-yilda e'lon qilinishi rejalashtirilgan. 

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Osiyo kubogi

Aloqador xabarlar