"Tokio-2020"Olimpiadalari keyinga qoldirildi

Kanada va Avstraliya koronavirus tufayli Olimpiadaga o‘z sportchilarini yuborishdan voz kechganligini, ularning hayotini xavf ostiga qo’ymasligini ma'lum qilgandi.

1384861
"Tokio-2020"Olimpiadalari keyinga qoldirildi

 

"Tokio-2020" Olimpiadalari qoldirildi.

Shu yilning iyul oyida o’tkazilishi rejalanayotgan “Tokio-2020” Olimpiadalari dunyoda keng tarqalgan koronavirus tufayli keyinga qoldirildi.

Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus epidemiyasi tufayli turnirni bir yilga kechiktirish to’g’risida taklif kiritgandi.

Ushbu taklif Xalqaro Olimpia qo’mitasi tomonidan qabul qilindi.

Bungacha qator davlatlar, jumladan, Kanada va Avstraliya koronavirus tufayli Olimpiadaga o‘z sportchilarini yuborishdan voz kechganligini, ularning hayotini xavf ostiga qo’ymasligini ma'lum qilgandi.

Qayd etishicha, Olimpiya o‘yinlari tarixda ilk bor qoldirilmoqda.

Bungacha Olimpiada urush tufayli bekor qilingandi, ammo turnir keyinga qoldirilishi kuzatilmagandi.

Odatda Tokioda Olimpiya o‘yinlari 24 iyuldan 9 avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Tokio-2020

Aloqador xabarlar