Toshkentda 2021 yili dzyudo boʻyicha jahon chempionati o'tkaziladi

2021 yili Oʻzbekiston tarixda ilk marta dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

1396944
Toshkentda 2021 yili dzyudo boʻyicha jahon chempionati o'tkaziladi

 

Dzyudo boʻyicha Toshkentda oʻtadigan jahon chempionati olimpiadaga saralash vazifasini oʻtashi mumkin...

O’zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi dzyudo boʻyicha jahon chempionati olimpiada oʻyinlariga saralash vazifasini oʻtashi mumkin.

Bu haqda Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi prezidenti Marius Vizer maʼlum qilgan.

“2021 yilgi jahon chempionati ham Tokio olimpiadasining saralash bosqichi doirasiga kiritilishi mumkin, ammo barchasi koronavirus pandemiyasining butun dunyo boʼylab qachon yakuniga yetishiga bogʼliq. Shunisi aniqki, Qatarda oʻtadigan masters turniri kvalifikatsion darajani saqlab qoladi”,-deydi  Marius Vizer.

Dzyudo boʻyicha jahon chempionati 2021 yil avgust oyining oxirida Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Аgar jahon chempionati Tokio olimpiadasi saralash musobaqalari qatoriga kiritilsa, u 2021 yil may oyida oʻtkazilishi mumkin. Shuningdek, keyingi yilgi jahon chempionati hamda joriy yil kuzda oʻtishi rejalashtirilgan Toshkent gran-prisining vaqtlarini almashtirish varianti ham yoʻq emas.

Maʼlumot uchun, 2021 yili Oʻzbekiston tarixda ilk marta dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bu boradagi kelishuv joriy yil 15 yanvar kuni Xalqaro Dzyudo Federatsiyasi prezidenti Marius Vizerning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida imzolangandi.



Aloqador xabarlar