O'zbekistonlik 9 yoshli shaxmat ustasi Humoyun Bekmurodov turnir g'olibi bo'ldi

13-may kuni boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining uchinchi turniri yanada shiddatli kechdi.

1418948
O'zbekistonlik 9 yoshli shaxmat ustasi Humoyun Bekmurodov turnir g'olibi bo'ldi

 

Onlayn shaxmat musobaqasining uchinchi kunida 9 yoshli ishtirokchi gʻolib boʻldi.


13-may kuni boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining uchinchi turniri yanada shiddatli kechdi.

Quvonarlisi, bu safar musobaqa ishtirokchilari soni anchagina ortdi. www.chess.com saytining Fair Play jamoasi tomonidan taqdim etilgan xulosaga koʻra, uchinchi turnirda bosh sovrin 9 yoshli Humoyun Bekmurodovga nasib etdi. Humoyun shaxmat bilan bir necha yildan beri shugʻullanib keladi, reytingdagi ochkosi esa 2010 tani tashkil etmoqda.

Biz Humoyun Bekmurodovni shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionati uchinchi turniridagi gʻalabasi bilan tabriklaymiz. Qolganlarga esa halol kurashda chiroyli gʻalabaga erishishlarini tilab qolamiz.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar