Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida peshqadamga aylandi

O'zbekistonlik futbolchilar - Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov Belarus chempionati 10-turida “Energetik-BGU” safida maydonga asosiy tarkibda tushdi.

1426599
Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida peshqadamga aylandi

 

Ikki legioner futbolchi – Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov Belarus chempionati 10-turida “Energetik-BGU” safida maydonga asosiy tarkibda tushdi.

“Isloch” klubiga qarshi oʻtgan oʻyinning 13-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev 11 metrlik masofadan belgilangan jarimani aniq amalga oshirdi. Shu bilan futbolchi chempionatdagi gollari sonini 7 taga yetkazib, toʻp urarlar bahsida yaka peshqadamga aylandi.

Safarda oʻyin oʻtkazishiga qaramasdan “Energetik-BGU” jamoasi raqiblarini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Afsuski, tajribali futbolchi Jasur Yaxshiboyev oʻyinning 59-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi va 31-may kuni chempionat doirasida ”Vitebsk" klubiga qarshi oʻtadigan bahsda maydonga tushmaydigan boʻldi.


Tanlangan kalimalar: #futbol , #O'zbekiston , #Jasur Yaxshiboyev

Aloqador xabarlar