Eldor Shomurodovning transfer narxi yana koʻtarildi

Futbol olami Yevropada ochilayotgan transferlar bozoriga tayyorgarlik koʻrmoqda.

1427070
Eldor Shomurodovning transfer narxi yana koʻtarildi

 

Futbol olami Yevropada ochilayotgan transferlar bozoriga tayyorgarlik koʻrmoqda. Chunki, bugungi kunga kelib, har bir qitʼadagi jamoalarning asosiy maqsadi “Koʻhna qitʼa”ning kuchli beshligidagi klublarga oʻz tarbiyalanuvchilarini joylashdan iborat.

Oʻzbek muhlislari ham biror futbolchining Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya yoki Fransiya chempionatlarida toʻpsurishini uzoq yillardan buyon orzu qiladi. Hozirda esa bu imkoniyat faqatgina Rossiyaning “Rostov” klubi safida maydonga tushayotgan Eldor Shomurodovda saqlanib turibdi.

Germaniyaning “transfermarkt” sayti xabariga koʻra, Eldor Shomurodovning buyilgi transfer narxi 5,2 million yevroga baholanmoqda. Biroq bu narx futbolchisining yorqin oʻyiniga qarab oshib borishi mumkin. Aniqrogʻi Eldor Premyer-liga bahslarida gol urgani sari transfer qiymati ham koʻtarilishda davom etadi.

Shu tariqa Surxondaryolik futbolchi oʻz safiga qoʻshishni niyat qilgan jamoa “Rostov” klubiga kamida 5,2 million yevro toʻlab qoʻyishi kerak boʻladi.


Tanlangan kalimalar: #futbol , #O'zbekiston , #Eldor Shomurodov

Aloqador xabarlar