Ogʻir atletika boʻyicha ilk bor xalqaro onlayn musobaqa oʻtkaziladi

Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar ham ishtirok etadi.

1457764
Ogʻir atletika boʻyicha ilk bor xalqaro onlayn musobaqa oʻtkaziladi

 


Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar ham ishtirok etadi.
Hozirda yuzaga kelgan pandemiya sabab koʻplab tadbirlar onlayn tarzda tashkil etilmoqda. Jumladan, dunyo ahli sekin-asta sport musobaqalarining ham shunday oʻtishiga guvoh boʻlmoqda.
Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi ham 18-19-iyul kunlari ilk bor katta masshtabda onlayn musobaqa tashkil qilmoqda. Unda jahonning 20 dan ziyod davlatidan 80 ga yaqin mahoratli atlet ishtirok etadi. Ular orasida Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham bor.

Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqa tashkilotchilari mahalliy vaqt sifatida Janubiy Amerika mintaqasini tanlagan. Zero, ishtirokchi davlatlarning aksariyati gʻarbiy yarim shar vakillariga toʻgʻri keladi. Bir tomondan Oʻzbekiston vakillarining irodasi va mahorati mana shunday murakkab vaziyatda yana bir karra toblanadi.
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi mazkur musobaqa tayyorgarligiga oʻzgacha yondashgan. Boisi anchadan beri musobaqa koʻrmagan polvonlar onlayn turnirga katta shijoat bilan hozirlik koʻrishmoqda. 

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #ogʻir atletika

Aloqador xabarlar