Oʻzbekiston taekvondo assotsiatsiyasi navbatdagi onlayn seminar mashgʻulotlarini oʻtkazdi

Bu safargi seminar Fargʻona vodiysi yosh taekvondochilari, murabbiylar, mutaxassislar hamda terma jamoa aʼzolari uchun tashkil etildi.

1458386

Vebinar avvalida yoz mavsumi, pandemiya holati vaqtida sportchilarning ovqatlanish tartib qoidalari va vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlarni qay tarzda tanovul qilish kabi koʻplab masalalar yuzasidan tibbiyot fanlari doktori, professor va diyetolog Guli Shayxova oʻzining maslahatlarini berdi. Psixologiya fanlari nomzodi, psixoterapevt Zebuniso Axmedova esa sportchilarning ruhiy holati, oʻzini tutish va bu sharoitda tushkunlikka tushmasdan faqat maqsad sari intilish kabi fazilatlarni shakllantirish kerakligi haqida gapirib oʻtdi.

Shundan soʻng mahorat darsini terma jamoada faoliyat olib borayotgan koreyalik murabbiy Kim Jing Yung olib bordi. Murabbiylar esa onlayn yigʻilish davomida sportchilarni musobaqalarga tayyorlash, zamonaviy texnik va taktik usullar boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻz navbatida mutaxassislar yoshlarga boʻsh vaqtlarida sportdan tashqari xorijiy tillarni oʻrganish, badiiy kitob oʻqishning sportchi uchun qanchalik foydali ekanligi haqidagi maslahatlarni ham berib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, viloyatlardagi oʻsmirlar va yoshlar orasidan iqtidorlilarni saralab olish maqsadida onlayn seminar hamda imtihon oʻtkazish loyihasi ilk bor aynan taekvondo assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil qilinib, mazkur vebinar haqida koʻplab ijobiy fikrlar bildirilgan edi. Endilikda mazkur loyiha qolgan sport turlarida Respublikaning barcha hududlari miqyosida reja asosida tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.

Aloqador xabarlar