Xalqaro xotira turnirida o'zbek sportchisi ham qatnashadi

Joriy yil 9-sentyabr oqshomida Rossiyaning Badiiy gimnastika markazida taniqli murabbiy Abdulmannap Nurmagomedov xotirasiga bag'ishlangan MMA kechasi tashkil etiladi.

1486899
Xalqaro xotira turnirida o'zbek sportchisi ham qatnashadi

 

Joriy yil 9-sentyabr oqshomida Rossiyaning Badiiy gimnastika markazida taniqli murabbiy Abdulmannap Nurmagomedov xotirasiga bag'ishlangan MMA kechasi tashkil etiladi. Mazkur yakka kurash jangida professional sportchilar g'oliblik uchun maydonga tushadi.

Ushbu kechaning markaziy jangida Dauren Yermekov Vladimir Mineyev bilan o'rta vazn toifasida FNG chempionlik kamari uchun jang olib boradi.

Shuningdek bu jang kechasida O'zbekistonlik sportchi Mironshox Djafarov 77 kg. vazn toifasida Rossiyalik Magomed Tugayevga qarshi oktagonga tushadi.

Buxorolik Amir Temur klubi a'zosi Mironshox qo'l jangi bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni va Xalqaro turnirlar g'olibi bo'lgan. R-1 professional yo'nalishi bo'yicha ko'p karra g'olib, MMA bo'yicha 3:0 hisobida yetakchilik qilayotgan jangchilardan biri hisoblanadi.

 



Aloqador xabarlar