O'zbek sportchisi Sardor Rashidov Qatar bilan shartnomani uzaytirdi

O'tgan oyda Qatar yulduzlar ligasida mavsum nihoyasiga yetdi va O'zbek sportchisi Sardor Rashidov to'p surayotgan “Qatar SK” musobaqani 8-o'rinda yakunladi.

1486903

Sardor o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 21 o'yinda qatnashdi va 5-marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Mavsum yakunlangach Sardor Rashidovning klubi bilan tuzgan shartnomasi ham o'z yakuniga yetgan edi. 

So'nggi xabarlarga qaraganda, Sardor Rashidov Qatarliklar bilan shartnomasini uzaytirgan. 

Biroq, jamoa va futbolchi o'rtasidagi yangi shartnoma bandlari ma'lum qilinmagan.

Eslatib o'tamiz, Qatar yulduzlar ligasida yangi mavsum 3-sentyabr kuni boshlandi.

Tanlangan kalimalar: #Qatar , #O'zbekiston , #Sardor Rashidov

Aloqador xabarlar