O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Odil Ahmedov “Tyanszin Teda” klubiga o'tdi

O'zbek sportchisi Xitoy Superligasi vakili “Tyanszin Teda” bilan kelishuvga erishgan. Ahmedov yangi jamoasida 31-raqamda to'p suradi.

1491668
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Odil Ahmedov “Tyanszin Teda” klubiga o'tdi


Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradigan bo'ldi. 

O'zbek sportchisi Xitoy Superligasi vakili “Tyanszin Teda” bilan kelishuvga erishgan. Ahmedov yangi jamoasida 31-raqamda to'p suradi. Hozircha shartnoma shartlari to'liq ochiqlanmagan. 

Ma'lumot o'rnida, Odil Ahmedov Shanxayliklar safida 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, futbolchi “Shanxay SIPG” tarkibida Xitoy Superligasi chempionligi hamda Xitoy Superkubogini qo'lga kiritgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Tyanszin Teda , #Shanxay SIPG , #Odil Ahmedov

Aloqador xabarlar