Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev ringga qaytmoqda

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (55 kg) WBA va IBF jahon chempionlik kamari sohibi Murodjon Ahmadaliyev o'zining navbatdagi jangini noyabr oyida o'tkazishni rejalashtirmoqda.

1493311

“Boxingscene” saytining xabar berishicha, “Matchroom” kompaniyasi tomonidan Noyabr oyining ikkinchi yarmida o'tkazilishi kutilayotgan professional boks kechasida Murodjon Ahmadaliyev IBF yo'nalishida majburiy da'vogar va vaqtinchalik jahon chempioni yaponiyalik Ryosuke Ivasadan o'z kamarini himoya qiladi.

Kechaning asosiy jangida sobiq jahon chempioni Deniel Jeykobs ringga ko'tariladi. Unga raqib sifatida esa hozircha 2 ta nomzod Gabriel Rosado va Jon Rayder nomzodi ilgari surilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Murodjon Ahmadaliyev

Aloqador xabarlar